Iste’fo so‘ragan Ramzan Qodirov Putin bilan uchrashadi
Olam
−
07 may 10485 1 daqiqa
Bugun, 7 may kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bilan uchrashadi. Bu haqda Rossiya davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Checheniston rahbari, Vladimir Putinning kengaytirilgan delegatsiyalar tarkibida bo‘lib o‘tadigan ba’zi xalqaro uchrashuvlarida ham ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.
“Prezident hududlar bilan ishlashda davom etmoqda”, deya qo‘shimcha qilgan Peskov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramzan Qodirov Checheniston rahbarligi lavozimidan ketish uchun ruxsat so‘ragan edi. Jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida Qodirov tez orada iste’foga chiqishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga shunday niyati borligini bildirgan.
Keyinchalik u o‘z lavozimi to‘g‘risida yakuniy qarorni faqat Rossiya Prezidenti Vladimir Putin qabul qilishini ta’kidladi.
“Men piyoda askarman va qo‘mondonman. Buyurtma bor-men bajaraman”, deya o‘z ijtimoiy tarmoqlarida yozib qoldirgan Qodirov.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr