Istanbulni suv bilan ta’minlaydigan 2 ta suv ombori qurib qoldi
Olam
−
04 Oktabr 2021
7529Turkiyaning Istanbul shahrini ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan Kazandere va Pabuchdere suv omborlari deyarli qurigan. Ular shaharni ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan 10 ta suv omborining ikkitasi hisoblanadi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Kazandere va Pabuchdere suv omborlariga suv to‘lish darajasi joriy yilning aprel oyidagi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslasa 72 va 71 foizdan 8 va 3 foizgacha pasayib ketgan, 10 ta to‘g‘on esa yarim to‘la holatda.
Turkiya universitetlaridan birining professori Lokman Teserning so‘zlariga ko‘ra, bu hodisa joriy yilda Marmara dengizi hududida yog‘ingarchilik miqdori 46 foizga kamayishi bilan bog‘liq.
“Mavsumiy me’yor bilan taqqoslaganda yog‘ingarchilik miqdori 46 foizga kamaydi. Bunday holat butun Frakiya mintaqasida kuzatilmoqda. Meteorologiyaning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Edirne hududida kuchli qurg‘oqchilik kuzatilmoqda”, deydi professor.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 iyulida Turkiyada o‘rmon yong‘inlari boshlangandi. Yong‘in mamlakatning bir qancha viloyatlariga tarqalib, ularning ichida eng aziyat chekkani sayyohlik markazi — Antaliya bo‘ldi. Bir necha kun davom etgan yong‘inlar oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi va 864 nafardan ortiq kishi jarohatlandi.
LiveBarchasi