Davlat xizmati markazlarining 13 nafar xodimi lavozimidan ozod etildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi kengaytirilgan hay’at yig‘ilishida davlat xizmatlari agentligi tizimidagi idoralarda amalga oshirilayotgan ishlarga ham alohida e’tibor qaratildi.

Sohada sifatli xizmat ko‘rsatilishi va qonuniylikni ta’minlash uchun “sirli mijoz” tadbirlari o‘tkazib kelinayotgani qayd etildi.

Bunday tadbirlar natijasida davlat xizmatlari markazlarining 164 nafar xodimi ogohlantirilgan, 58 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan. 13 nafar xodim esa egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.

Bundan tashqari, tuman (shahar) adliya bo‘limlarining murojaatlar bilan ishlashini ham qoniqarli, deb bo‘lmaydi. Jumladan, Qonliko‘l, Kegeyli va Chimboy tumani adliya bo‘limlari tomonidan murojaatlarni qanoatlantirish darajasi past. 

Amudaryo, Qonliko‘l, Qorao‘zak, Qo‘ng‘irot, Mo‘ynoq, Taxiatosh, Chimboy, Shumanay, Angor, Denov, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq, Oltinsoy, Termiz, Sherobod, Sho‘rchi, Bog‘dod, Buvayda, Dang‘ara, Yozyovon, O‘zbekiston, Farg‘ona, Narpay, Oqdaryo, Urgut, Vobkent, Qorovulbozor, Shovot, Yangiariq, Yuqori Chirchiq, Bektemir, Chilonzor, Qiziltepa, Chortoq va Sardoba tumanlari hamda Termiz, Farg‘ona va Nurafshon shahar adliya bo‘limlari tomonidan hisobot davrida birorta ham murojaat joyiga chiqib o‘rganilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Adliya vazirligi

Baholaganlar

58

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing