Istanbuldagi terakt qanday sodir etilgani videosi e’lon qilindi

Olam

Turkiya politsiyasi Istanbulning Beyo‘g‘li tumanidagi Istiqlol ko‘chasidagi portlashni  sodir etgan shaxsning harakat yo‘nalishi va hujumni qanday amalga oshirgani aks etgan kadrlarni e’lon qildi. 

Kuzatuv kameralaridagi ma’lumotlarda 13 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:17 da hujumni uyushtirgan Suriya fuqarosi Alham Albashir qanday qilib Taqsim maydonidan Istiqlol ko‘chasiga kirib kelganini ko‘rish mumkin. 

Terrorchi bir muddat qo‘lida sumka va paket bilan maydon bo‘ylab yuradi. 

Shu bilan birga, Albashir kimligini yashirish uchun yuzini sharf bilan yopib olgan. 

Soat 15:29 da terrorchi kafelardan birining oldida yaqinlashadi. 

Soat 15:30 da u portlash sodir bo‘lgan joydan uncha uzoq bo‘lmagan do‘kon oldidagi o‘rindiqqa o‘tiradi. Uning ryukzaki va paketi hali ham yonida. 

Albashir taxminan 41 daqiqani shu yerda o‘tkazadi. 

Soat 16:11 da terrorchi ryukzakni o‘rindiqqa tashlab, shoshib Taqsim maydoni tomon harakatlanadi. 

16:14 da kuchli portlash sodir bo‘ladi. Shu payt Albashir yugura boshlaydi. 

Taxminan soat 16:17 larda terrorchi yana xuddi shu yo‘l bo‘ylab Taksim maydoniga boradi.

Oxirgi kadrlarda uning mehmonxonalardan birining yonidan qanday o‘tishi tasvirlanadi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 noyabr kuni tushdan keyin Istanbulning Beyo‘g‘li tumanidagi sayyohlar gavjum va mashhur Istiqlol ko‘chasida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida olti kishi halok bo‘lgan, 80 dan ortiq kishi jarohatlangan. Jarohatlanganlarning 50 nafariga shu kunning o‘zida shifokorlar uyga ketishga ruxsat bergan. 31 kishi shifoxonaga joylashtirilgan. Ulardan besh nafarining ahvoli og‘ir, 2 nafari o‘tar og‘ir ahvolda. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an voqeada terror izi borligini aytdi. 

Terakt sodir etilganidan 10 soat o‘tib, teraktning ijrochisi – arab millatiga mansub ayol Ahlam Albashir Istanbul politsiyasi tomonidan qo‘lga olindi. Tergov davomida u AQSHdan kelgan instruktorlar rahbarligida terrorchilik mashg‘ulotlaridan o‘tganini tan oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1421

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing