Istanbuldagi fojia qurbonlari soni ortdi
Olam
−
08 fevral 2019
6805Avvalroq, Turkiyaning Istanbul shahrida 8 qavatli uyning qulagani haqida xabar bergan edik. Vayronalar ostida ko‘plab odamlar qolib ketgandi.
Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluning so‘zlariga ko‘ra, halokatdan 48 soat o‘tib, 8 qavatli uy vayronalari ostidan 16 yoshli o‘smir bola qutqarib olingan. Fojia qurbonlari soni esa 14 nafarga yetgan. 11 kishi bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatidan joy olgan. Bu haqda "Reuters" xabar berdi.
Istanbulning Kartal tumanidagi uy chorshanba kuni qulab tushgandi. Uyda 14 ta xonadon bo‘lgan. Shahar gubernatorining ma’lum qilishicha, yuqoridagi 3 qavat noqonuniy qurilgan.
Eslatib o‘tamiz, Istanbulda uy qulashi portlashdan keyin yuz bergani aytilgandi.
LiveBarchasi