Istanbuldagi bo‘ronda necha kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi 

Olam

image

Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘ron oqibatida jabrlanganlar soni 38 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Koja ma’lum qilgan.  

Shahar rasmiylari kuchli shamol tufayli vayron bo‘lgan tomlar qoldiqlari ostida to‘rt kishi halok bo‘lgani va 19 kishi jarohat olgani haqida xabar bergan. 

“Tabiiy ofat natijasida 38 kishi tan jarohati oldi, yana 4 kishi halok bo‘ldi”, deyiladi Kojaning bayonotida. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 29 noyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida kuchli shamol esgandi. Shu tufayli Bosfor bo‘g‘ozida kemalar harakati to‘xtatilgandi. Shuningdek, Turkish Airlines’ning bir necha samolyotlari Istanbulga qo‘na olmay, Anqara va Izmirga jo‘natilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya bo'ron

Baholaganlar

238

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing