Istanbulda yirik yong‘in. Qurbonlar orasida O‘zbekiston fuqarosi bormi?
Olam
−
12 fevral 2022
7844Turkiyaning Istanbul shahrida o‘zbekistonlik migrantlar istiqomat qiladigan hududlaridan biri Gungo‘ran tumanidagi Sinanpasha ko‘chasida 5 qavatli bino yonib ketdi. Yong‘in oqibatida qurbon bo‘lganlar soni ortib bormoqda.
Yong‘in kecha, 11 fevral kuni soat 14:00 atrofida sodir bo‘lgan. Unda 4 nafar chet el fuqarosi halok bo‘lgan, 6 kishi tutundan zaharlanib, shifoxonaga yetkazilgan.
Qayd etilishicha, qurbonlar yong‘indan qochib o‘zini hojatxonaga qulflagan va o‘sha yerda tutundan zaharlanib, vafot etgan.
Jarohatlangan 6 kishi yong‘indan qochish maqsadida o‘zini yuqori qavatdan pastga tashlagan.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligidan xabar berishlaricha, halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.
“O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Gungo‘ran tumani politsiya Xavfsizlik Boshqarmasida tashkil etilgan tezkor shtab bilan muntazam aloqada bo‘lib, oxirgi olingan ma’lumotlarga ko‘ra favqulloddagi xodisada vafot etgan va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligi ma’lum bo‘ldi”, deyiladi Bosh konsullik bayonotida.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni yana bir nafarga ortgan. Ayni vaqtda uning qaysi mamlakat fuqarosi ekani ma’lum emas.
LiveBarchasi