Istanbulda Yevropa-Eron muzokaralari bo‘lib o‘tadi
Olam
−
21 iyul 1661 1 daqiqa
25 iyul kuni Istanbulda Eron va Yevropa uchligi davlatlari (Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya) o‘rtasida Eron yadroviy dasturi atrofidagi inqirozni tartibga solish bo‘yicha muzokaralarning yangi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Bag‘iy ma’lum qildi.
“Yevropa davlatlarining iltimosiga javoban, Eron JCPOA'ning (Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasi) uch yevropalik ishtirokchisi bilan muzokaralarning yangi bosqichini o‘tkazishga rozi bo‘ldi”, dedi u Eron davlat teleradiokompaniyasining savoliga javoban.
Unga ko‘ra, uchrashuv Istanbulda Tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari darajasida bo‘lib o‘tadi. Erondan Majid Taxt-Ravonchi va Kozim G‘aribobodiy ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, 20 iyun kuni Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Jenevada Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi va Germaniya Tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful bilan muzokaralar o‘tkazgandi. Uchrashuvda Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas ham ishtirok etdi.
Live
Barchasi