Istanbulda o‘zbekistonliklar o‘rtasida janjal. Bir kishi pichoqlanib, qurbon bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiyaning Istanbul shahrida o‘zbekistonlik K.Y. ushlandi. Sud binosiga yuborilgan K.Y.  “qasddan odam o‘ldirish” aybi bilan qo‘lga olinib, qamoqqa tashlangan. 

25 fevral kuni Istanbulning Fotih tumani Langa Hisari ko‘chasida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ikki erkak – S.M. va K.Y. o‘rtasida janjal kelib chiqqan. O‘zaro kelishmovchilik davomida K.Y. S.M.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Uning S.M.ni pichoqlagani voqea joyidagi xavfsizlik kameralariga tushib qolgan. 

Ko‘chada bir kishi pichoq bilan yaralangani haqidagi xabar kelib tushgach, Istanbul politsiya boshqarmasi xodimlari tibbiy guruhlar bilan voqea joyiga borgan. Jarohatlangan holda shifoxonaga yetkazilgan S.M. barcha ko‘rilgan choralarga qaramay vafot etgan. 

Voqea yuzasidan tergov boshlagan xavfsizlik guruhlari, atrofdagi xavfsizlik kameralari tomonidan yozib olingan tasvirlarni o‘rganib chiqqan. S.M.ni O‘zbekiston fuqarosi K.Y. pichoqlagani aniqlanib, gumonlanuvchi jinoyat quroli bilan Qog‘itxonaning Cheliktepa mahallasida ushlanib, qo‘lga olingan. 

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida S.M. va gumonlanuvchi K.Y.ning ilgari hech qanday tanishi bo‘lmagani aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, K.Y. S.M.ni so‘kkani va haqorat qilgani uchun pichoqlab, jarohatlagani haqida ko‘rsatma bergan. 

Istanbul sudiga olib borilgan gumonlanuvchi K.Y., “qasddan o‘ldirish” aybi bilan navbatchi sudya tomonidan hibsga olinib, qamoqxonaga jo‘natilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing