Istanbulda suv toshqinlari kuzatildi

Olam

image

Bugun, 15 avgust kuni Turkiyaning Istanbul shahrida kuchli yog‘ingarchilik tufayli suv toshqinlari sodir bo‘ldi, ko‘chalarni va shaharning asosiy diqqatga sazovor joyi – Misr bozorini suv bosdi. 

Qayd etilishicha, shaharda kuchli yomg‘ir va momaqaldiroq tufayli toshqin boshlangan, Istanbul metrosining shiftidan suv oqqan. Yo‘llarda ko‘rishning yomonligi sababli bir nechta jiddiy baxtsiz hodisalar sodir bo‘lgan, yashin urishi oqibatida bitta uy yonib ketgan.

“Kuchli yomg‘ir tufayli Fotihdagi tarixiy bozorning bir qismi suv ostida qoldi. Savdogarlar do‘konlarga suv kirishini to‘xtatishga harakat qildi. Eminyonyu tumanidagi kanalizatsiya va  drenaj quvurlaridan oqayotgan suv tufayli transport vositalarining, balki piyodalarning ham harakatlanishi qiyinlashgan”, deyiladi xabarda.

Biroq shaharning ayrim aholisi yomg‘irdan xursand bo‘lgan. Chunki kuchli jazirama jala tufayli pasaygan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

136

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing