Istanbulda pichoqlangan o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Olam

image

Turkiyaning Istanbul shahrida O‘zbekiston fuqarosi o‘tkir tig‘li jism bilan og‘ir tan jarohati yetkazilishi natijasida halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

Istanbul prokraturasi xabariga ko‘ra, joriy yilning 23 fevralida o‘zbekistonlik O.B.ga nisbatan qasdan badanga o‘tkir tig‘li jism bilan og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyati sodir etilgan.

Natijada fuqaro olgan tan jaroxatlari tufayli Istanbul shahrining Bashakshexir davlat shifoxonasida vafot etgan.

Qayd etilishicha, holat O‘zbekistonning Istanbudagi Bosh konsulxonasi tomonidan kat’iy nazoratga olinib, Turkiyaning vakolatli organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga  Bosh konsulxona tomonidan marhumning jasadini O‘zbekistonga dafn qilish uchun barcha zarur bo‘lgan xujjatlar rasmiylashtirilib marhumning oila a’zolariga kerakli xuquqiy yerdam ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonlik

Baholaganlar

456

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing