Istanbulda kuchli qor sabab qator cheklovlar joriy qilindi

Olam

image

Turkiyaning Istanbul shahrida kuchli qor yog‘gani va noqulay ob-havo saqlanib turganligi munosabati bilan qator cheklov va chora-tadbirlar joriy qilindi. Bu haqda Istanbul gubernatori Ali Yerlikaya bayonot bergan.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, quyidagi cheklov va  choralar joriy etildi:

  • xavfsizlik, sog‘liqni saqlash, transport va zarur bo‘lgan boshqa sektorlarda xizmat ko‘rsatayotgan ishchilardan tashqari boshqa davlat idoralarida ish faoliyati yuritayotgan xizmatchilar uchun joriy yilning 26 yanvar – chorshanba kuni ham dam olish kuni deb belgilandi;
  • davlat muassasalarida ishlayotgan nogiron va homilador ayollar 26, 27 va 28 yanvar kunlari ta’til deb e’lon qilindi; 
  • Esenler, Haram va boshqa barcha avtostansiyalar 26 yanvar soat 09:00 ga qadar faoliyati to‘xtatildi;
  • Istanbuldagi universitet rektorlari bilan kelishgan holda talabalar uchun ta’til 31 yanvarga qadar uzaytirildi; 
  • xususiy ta’lim va reabilitatsiya markazlarida ta’til 26, 27 va 28 yanvarga qadar uzaytirildi; 
  • sudya va prokurorlarga (navbatchilar mustasno) 25-26 yanvar kunlari ta’til ekanligi ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun, joriy haftada Turkiyaning bir qator shaharlarini qor qopladi. Kuchli qor yog‘ishi mamlakatning eng yirik shahri Istanbulda transport harakati, shuningdek aviaparvozlarni to‘xtatib qo‘ygan. Yo‘llarda esa katta tirbandliklar yuzaga kelgan, odamlar mashinalarini yo‘l chetiga qo‘yib, piyoda yurishga majbur bo‘lgan. Metroda piyodalar oqimi tufayli tiqilinch yuzaga kelgan. Shuningdek, shaharda savdo markazlari va bir qancha korxonalar yopilgan. Istanbul aeroportida parvozlar kechiktirilgan.

“Uzbekistan airways” AJ matbuot kotibi Kamola Ikromova QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qilishicha, hozirda Istanbul va Anqara shaharlarida O‘zbekistonning ikkita samolyoti turibdi, biroq noqulay ob-havo sharoiti tufayli ucha olmayapti.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul

Baholaganlar

103

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing