Istanbulda ko‘chada qolib ketgan ayol ortga qaytarildi
Jamiyat
−
04 Sentabr
4447Ammasining taklifiga binoan Turkiyaga ishga borib, ko‘chada qolib ketgan o‘zbekistonlik mamlakatga qaytarildi. Bu haqda Istanbul Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, asli Jizzax viloyatidan bo‘lgan ayol o‘z ammasining taklifi asosida Istanbulga ishlashga ketib, qiyin vaziyatda qolgan. Xususan, 2 kun mobaynida ko‘chada yashash joysiz yurgan. 21 yoshli ayolning O‘zbekistonga qaytishi mamlakatning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi tomonidan ta’minlandi.
“Xalqaro o‘zbek sanoatchilari, tadbirkorlar va ilm insonlari jamiyati” a’zolari homiyligida aviachipta va boshqa to‘lovlari qoplandi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bolalar ortga qaytarilgandi.
LiveBarchasi