Istanbulda qiyin ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolari Vatanga qaytarildi
Jamiyat
−
09 may 2021
6794Turkiya Respublikasining Istanbul shahriga ishlash maqsadida borib, pandemiya sharoitida moliyaviy qiyin ahvolda qolgan va koronavirus kasalligini boshidan o‘tkazgan O‘zbekiston fuqarolari – T.I, M.Yu va ularning farzandlari Vatanga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bergan.
Ta’kidlanishicha, ular Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yordam so‘rab murojaat qilgan.
Mazkur murojaatlarni qanoatlantirish maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Bosh konsulxona va Xalqaro migratsiya tashkiloti hamkorligida belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirilib, fuqarolar Istanbul-Toshkent yo‘nalishidagi aviareys orqali O‘zbekistonga olib kelingan.
Moliyaviy qiyin ahvolda qolgan fuqarolarni Toshkent xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Xalqaro migratsiya tashkiloti mas’ul xodimlari kutib olgan va ular yashash manziliga kuzatilgan.
LiveBarchasi