Istanbulda ijara narxlari Nyu-Yorkni ortda qoldirdi
Olam
−
23 avgust
5015Istanbulda ijara narxlari Nyu-York, Gonkong, Singapur, Syurix va Jenevanikidan ham qimmatlashib ketdi. Bu haqda “Türkiyye” gazetasi xabar berdi.
Mahalliy ko‘chmas mulk veb-saytlaridagi reklamalarda ijaraga beriladigan uy-joy narxi bugungi kunda oyiga 30 ming dollar yoki undan qimmat. Narxlarning yuqoriligi allaqachon odamlarning Istanbuldan chiqib ketishiga olib kelgan va so‘nggi bir yil ichida 600 ming kishi shaharni tark etgan.
Qayd etilishicha, qisman Istanbulga ko‘chib kelgan rossiyalik tadbirkorlar tufayli ijara narxi qimmatlashmoqda. Ular o‘zlari va mehmonlari uchun 59 ming dollar va undan ko‘proq pul evaziga uylarni ijaraga olishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, Turkiya rossiyaliklar eng ko‘p uy-joy sotib oladigan 3 ta davlat qatoriga kiradi. Kuchli uchlikdan Tailand va Gruziya ham joy olgan. Shuningdek, Yaqin Sharq mamlakatlari, xususan, BAA, Ummon va Bahrayn yaqindan ommaviylasha boshladi.`
LiveBarchasi