Istanbulda fojia qurbonlari soni 17 nafarga yetdi

Olam

image

Turkiyaning Istanbul shahrida 6 fevral kuni 8 qavatli uy qulab tushgani haqida xabar bergan edik. Uy vayronalari ostida odamlar qolib ketgandi.

Chorshanba kuni yuz bergan halokat qurbonlari soni bugun, 9 fevral kuni 17 nafarga yetdi. Bu haqda Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Fehrittin Koja ma’lum qilgan.

"Ayni vaqtda qurbon bo‘lganlar soni 17 nafarga yetdi", degan Koja jurnalistlarga.

Hozirda fojia sodir bo‘lgan joyda qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilyapti. Holat yuzasidan tekshiruv ishlari boshlangan. Uyning qulashiga 8 qavatlik binoning yuqoridagi 3 qavati noqonuniy qurilgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu fojia qurbonlari soni 14 nafarga yetganini ma’lum qilgandi. Vazir 11 kishi bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga tushganini qayd etib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul halokat

Baholaganlar

43

Reyting

2.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing