Istanbulda aka singlisini otib qo‘ydi
Olam
−
31 Oktabr
7685Turkiyaning Istanbul shahri Sultongazi tumanida fuqaro Horun Kochak uyida janjallashib qolgan singlisi Oysha Kochakni qurol bilan otib o‘ldirdi. Bu haqda “Hurriyet” xabar berdi.
Voqea kecha, 30 oktyabr kuni tunda Zubeyde Hanim mahallasida sodir bo‘lgan. Aytilishicha, uyda Oysha Kochak va uning akasi Horun Kochak o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Voqea sodir bo‘lgan vaqtda uyda Oysha Kochakning 8 yoshli o‘g‘li va aka-ukalari bo‘lgan.
Tushunmovchiliklardan so‘ng Horun hojatxonaga kirib, qurolni tayyorlayotganida, to‘satdan quroldan o‘q otilgan. Oysha Kochak va boshqalar Horun o‘z joniga qasd qildi deb o‘ylab, hammom tomonga yugurgan. Horun Kochakning qo‘lidagi qurolni ko‘rgan aka-uka qurolni olib qo‘ymoqchi bo‘ladi va miltiqdan yana o‘q uziladi. Quroldan otilgan o‘qlar Oysha Kochakning boshiga tegib, voqea joyida halok bo‘ladi.
“Biz qo‘shnisi edik. O‘tib ketayotganda Oysha biz bilan doim salomlashardi. Ishlab, farzandiga qarar edi. Ular bir oiladek tinch hayot kechirishardi. Ular hech qachon janjallashmagan. Men u bilan 6 yildan beri qo‘shniman va hech qachon janjal eshitmaganman”, dedi Oyshaning qo‘shnisi.
Zudlik bilan yetib kelgan tibbiy guruhlar Oysha Kochakning vafot etganini aniqladi. Politsiya guruhlari uning katta akasi Horun Kochakni qo‘lga olgan. Uning quroli litsenziyaga ega emasligi ham aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, 25 oktyabr kuni Turkiyaning Karaman shahridagi Haqqi Teke sport litseyining 11-sinf o‘quvchisi sport zalida do‘stini qurol bilan otib o‘ldirgandi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr