Istanbuldagi aviahalokatda o‘zbekistonlik jarohat oldi
Olam
−
06 fevral 2020
7488Avvalroq, Turkinyaing Istanbul shahridagi Sabihe Gyokchen aeroportida samolyot qo‘nish vaqtida halokatga uchragani va bo‘linib ketgani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Istanbuldagi halokatga uchragan samolyotda O‘zbekiston fuqarosi ham bo‘lgan. Hodisada o‘zbekistonlik B.S. jarohatlangan. U “Medikana” klinikasi joylashtirilgan.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va O‘zbekiston fuqarosiga yordam berish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.
Konsullik huquqiy departamenti Turkiya hududida bo‘lib turgan fuqarolarga zarur vaziyatlarda O‘zbekistonning Anqara shahridagi Elchixonasiga (tel.: +90 312-441-17-46, +90 312-441-38-71/72) yoki Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel.: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75) murojaat qilishlari mumkinligini eslatdi.
Ma’lumot uchun, Izmir shahridan Istanbul shahriga uchgan samolyotda 177 nafar yo‘lovchi va 4 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Hozirgacha 3 kishi qurbon bo‘ldi, qolgan barcha tibbiy yordamga murojaat qilgan. Ahvoli og‘ir bo‘lgan odamlar ham bor.
Shuningdek, halokat yuz berganidan keyin parvozlar uchun yopilgan Sabihe Gyokchen aeroporti faoliyatini qayta tikladi.
LiveBarchasi