Istanbulni yana qor bosdi (fotoreportaj)

Olam

image

Turkiyaning aholi zich joylashgan Istanbul shahri va shu nomdagi viloyati so‘nggi yillardagi eng kuchli qor sabab noqulay davrni kechirmoqda: yo‘llar to‘silib qolgan, reyslar bekor qilingan.

Joriy yilning 10 mart kuni yog‘ishni boshlagan qor hamon davom etmoqda. Bu o‘z navbatida Turkiyaning eng yirik shahrida hayotni izdan chiqarmoqda.

Qor sabab yo‘llar yopilib, transportda harakatlanish murakkablashdi. Jamoat transporti esa jadval bo‘yicha harakatlana olmayapti. Natijada bekatlarda bir necha yuz kishilik navbatlar yuzaga kelmoqda.

Qor sabab maktab va universitetlarda darslar bekor qilingan. Ko‘rinishning yomonligi tufayli kemalarning Bosfor bo‘ylab harakatlanishi to‘xtatilgan.

Meteorologlar qor yog‘ishi bugun, 13 mart kuni tinishini taxmin qilgan.

“Turkish Airlines” aviakompaniyasi Istanbuldagi qor sabab hozirgacha mahalliy va xalqaro yo‘nalishlarda 279 ta reysni bekor qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Istanbulda joriy yil yanvar oyining oxirida ham kuchli qor yog‘ishi kuzatilgandi. Qor sabab mahalliy va xalqaro parvozlar bekor qilinib, megapolis havo yo‘llari orqali tashqi olamdan uzilib qolgandi. Noqulay ob-havo sabab shaharda qisqa muddatga alohida cheklovlar ham joriy etilgan.

1


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul

Baholaganlar

154

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing