Istanbul fotihiga tegishli medalon sotuvga chiqarildi
Olam
−
19 mart
5456Usmonlilar davlatini 1444-1446 va 1451-1481 yillarda boshqargan sulton Mehmet II ga tegishli ekani aytilgan bronza medalon 82 million lira (taxminan ikki yarim ming dollar) ga sotuvga qo‘yildi. Bu haqda Turkiyaning “Haber Global” telekanali ma’lum qildi.
Faktlarga ko‘ra, Usmonlilar imperiyasining eng buyuk hukmdorlaridan biri bo‘lgan Fotih Sulton medalonni bo‘yniga tumor sifatida taqib yurgan. Artefaktda Mehmet II ning Istanbul fathidan avvalgi ko‘rinishi tasvirlangan.
Ma’lumot uchun, imperiyaning yettinchi hukmdori yoshligidan ko‘plab harbiy muvaffaqiyatlarga erishgan. U 395-1453 yillarda Vizantiya poytaxti bo‘lgan Konstantinopolni zabt etishi orqali o‘z ismini tarixga kiritgan va “Fotih” nomiga sazovor bo‘lgan. Fathdan so‘ng Konstantinopol nomi Istanbulga o‘zgartirilgan.
“Bronza portret musulmon yetakchisining G‘arb rassomi tomonidan yaratilgan eng qadimgi portretidir. 2000 yilda Italiya Uyg‘onish davri medalonlari to‘plamidan topilgan artefaktning chetida lotin tilida “Buyuk shahzoda, buyuk amir, sulton Mehmet afandi” degan yozuv bor”, deyiladi manbada.
Eng qizig‘i, medalonning orqa tomonida hech qanday dizayn yoki yozuv yo‘q, u ko‘chma o‘lchamli va tepasida silliq bo‘shliqqa ega. Bu sultonning juda shaxsiy va muhim buyumi bo‘lib, medalon tumor sifatida taqilgan deb taxmin qilinadi. XV asrga tegishli ekanligi taxmin qilingan bronza medalon 21 may kuni auksionda sotiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mashhur “Titanik” filmi suratga olinayotganda Rouz va Jekning xayrlashuv sahnasida rekvizit vazifasini bajargan eshik auksionga qo‘yilgan edi.
LiveBarchasi