Issiqlik ta’minoti tizimi yaxshilanadi – Prezident qarori

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 2 dekabr kuni “Issiqlik ta’minoti tizimini takomillashtirish va issiqlik ta’minoti korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qarorning to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

O‘tgan davr mobaynida respublikada issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilash hamda aholini issiqlik energiyasi va issiq suv bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi.

Amaliy chora-tadbirlar doirasida issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish holati kompleks o‘rganildi va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar sinovdan o‘tkazildi.

Shu bilan birga, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning hozirgi bosqichi issiqlik ta’minoti tizimini kompleks modernizatsiya qilish va energiya tejovchi zamonaviy texnologiyalar asosida uning texnik darajasini oshirish zarurligini taqozo etmoqda.

Issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, resurslarni tejovchi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, aholini issiqlik energiyasi hamda issiq suv bilan ta’minlash sifati va darajasini yaxshilash chora-tadbirlarini izchil amalga oshirish maqsadida:

1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “2018-2022 yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi PQ–2912-son qaroriga muvofiq iste’molchilarga issiqlik energiyasi uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash va uning sifatini oshirish, ishlab chiqarish jarayoniga innovatsion va resurs tejovchi texnologiyalarni, shuningdek, ushbu sohadagi boshqaruvning samarali bozor mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan 2018-2022 yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi amalga oshirilmoqda;

Jahon banki ishtirokida markaziy qozonxonalar, isitish tizimlari hamda tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilishni, uylar va kvartiralar ichki issiqlik ta’minoti tizimlarini yopiq issiqlik ta’minoti tizimiga o‘tkazgan holda tiklashni nazarda tutuvchi umumiy qiymati 220,7 million AQSH dollari bo‘lgan “Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand va Toshkent (TS-8) shaharlarida markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish” loyihasi amalga oshirilmoqda;

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi bilan birgalikda issiqlik manbalarining isitish uskunalarini kogeneratsion gaz turbinasi texnologiyasini joriy etgan holda rekonstruksiya qilishni, shuningdek, magistral va taqsimlovchi issiqlik tarmoqlarini almashtirishni nazarda tutuvchi hisob-kitob qiymati 780,4 million AQSH dollari bo‘lgan “Buxoro, Farg‘ona, Quvasoy, Nukus va Urganch shaharlarida markaziy qozonxonalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

a) 2020-2021 yillar isitish mavsumidan boshlab markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun iste’molchilar bilan hisob-kitoblar isitish davrining har bir kuniga 1 kvadrat metr isitiladigan maydon hisobida to‘lash tizimiga o‘tkaziladi;

b) 2020 yil 1 yanvardan boshlab:

iste’molchilar uchun issiqlik ta’minoti xizmatlariga tariflarni shakllantirish va belgilashda ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish hamda issiqlik ta’minoti tarmoqlaridagi yo‘qotishlarni qisqartirish hisobiga issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish xarajatlari hisobga olinadi, shuningdek, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tannarxini qoplash mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutiladi;

aholi uchun issiqlik energiyasi va issiq suvga pasaytirilgan tariflarni qo‘llash natijasida ko‘riladigan zararlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari hisobidan qoplanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:

Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining 2020 yilgi parametrlarini shakllantirishda aholi uchun issiqlik energiyasi va issiq suvga pasaytirilgan tariflarni qo‘llash natijasida ko‘riladigan zararlarni qoplash uchun 1-ilovaga muvofiq zarur mablag‘larni nazarda tutsin;

issiqlik ta’minoti sohasiga ajratilayotgan byudjet mablag‘larining maqsadli va oqilona ishlatilishini ta’minlash yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari tomonidan tegishli yil uchun tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi bo‘yicha choralar ko‘rsin.

3. Belgilansinki, issiqlik ta’minoti xizmatlarini ko‘rsatish sohasida:

a) O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda quyidagilar uchun javobgardir:

issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan xizmatlar tuziladigan shartnomalarga muvofiq ko‘rsatilishini, shuningdek, iste’molchilarga issiqlik energiyasi va issiq suv uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash;

issiqlik energiyasi va issiq suv uchun to‘lovlarning kvartiralar ichki hisobga olish uskunalari ko‘rsatkichlari, iste’molning normativ hajmlari va kvartiraning isitiladigan maydoni o‘lchami asosida o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini ta’minlashni, shuningdek, iste’molchilarning qarzdorligi kamaytirilishini nazorat qilish;

issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmlari haqidagi hisobot va axborotlar, debitor va kreditor qarzdorlik to‘g‘risidagi ma’lumotlarning haqqoniyligi, shuningdek, issiqlik energiyasi hamda issiq suvni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish;

issiqlik ta’minoti tizimi ob’ektlarining holati, foydalanilishi va улaрgaтaъмирлaш xizmati ko‘rsatilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

issiqlik energiyasi va issiq suvni hisobga olish uskunalarining almashtirilishi va o‘rnatilishini, shuningdek, issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan ularning plombalanishini tashkil etish;

issiqlik energiyasi va issiq suvdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish;

b) Toshkent shahar hokimligi ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan tadbirlarning Toshkent shahrida amalga oshirilishi uchun javobgardir.

4. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining markaziy apparati tuzilmasida Issiqlik ta’minoti tizimlaridan foydalanish boshqarmasini tugatgan holda, issiqlik ta’minoti tizimlarini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilish, shuningdek, ularning ob’ektlaridan ishonchli va samarali foydalanishni ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan Issiqlik ta’minoti tizimlarini kompleks rivojlantirish boshqarmasi hamda Issiqlik ta’minoti tizimlarini saqlash va ulardan foydalanish boshqarmasini tashkil etish;

resurs tejovchi zamonaviy texnologiyalarni, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida issiqlik energiyasi va issiq suvni ishlab chiqarish hamda iste’mol qilishni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni inobatga olgan holda, markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimini 2019-2024 yillarda bosqichma-bosqich yopiq tizimga o‘tkazish;

aholiga issiqlik energiyasi va issiq suvni issiqlik ta’minoti korxonalari, iste’molchilar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki professional boshqaruv kompaniyalari o‘rtasida tuziladigan uch tomonlama shartnomalar asosida, ko‘p kvartirali uylar bevosita mulkdorlar tomonidan boshqarilgan taqdirda esa ikki tomonlama shartnomalar asosida yetkazib berish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.

Belgilansinki, ushbu bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan yangidan tashkil etilayotgan boshqarmalarning shtat birliklari soni O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimi boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida shakllantiriladi.

5. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2019-2022 yillarda respublikaning issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga ushbu bandda nazarda tutilgan “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.

7. Respublikaning issiqlik ta’minoti tizimini isloh qilishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruh 4-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin va unga quyidagi vazifalar yuklatilsin:

issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va yetkazish sarf-xarajatlarini kamaytirish, magistral va uylarning ichki issiqlik ta’minoti tarmoqlarida mavjudyo‘qotishlarni qisqartirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni tashkil etish;

issiqlik ta’minoti sohasiga zamonaviy texnologiyalar va boshqaruv usullari, jumladan, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, taqsimlash hamda uning iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi faol joriy etilishini ta’minlash;

issiqlik ta’minoti sohasida davlat tarif siyosatini takomillashtirish, shuningdek, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish bo‘yicha har tomonlama tahlil o‘tkazish va takliflar ishlab chiqish;

issiqlik ta’minoti sohasidagi istiqbolli investitsiya loyihalarini, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash, ko‘rib chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish;

“Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish;

mazkur qarorda nazarda tutilgan vazifalar amalga oshirilishining holati to‘g‘risida har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish.

Ishchi guruh (B.A.Xo‘jayev) bir oy muddatda mazkur qarorning ijrosini ta’minlash bo‘yicha batafsil amaliy tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etsin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi:

a) Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda 2020-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda 5 va 5a–5n-ilovalarga muvofiq hududlarning issiqlik ta’minoti tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarga kiritilgan, ushbu yillarga rejalashtirilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun byudjet mablag‘larininazarda tutsin;

b) Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

issiqlikni saqlovchi, shu jumladan, penopoliuretandan tayyorlangan polimer izolyatsiyali va himoya qobig‘iga o‘ralgan, kanalsiz yotqizish imkonini beruvchi quvurlar, shuningdek, individual issiqlik punktlari va ularning butlovchi buyumlarini ishlab chiqarish sohasida sanoat tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro kooperatsiyani kengaytirish bo‘yicha mavjud salohiyatni o‘rgansin;

mavjud xomashyo resurslarini inobatga olgan holda, mahalliylashtirilishi lozim bo‘lgan, issiqlik ta’minoti sohasida foydalaniladigan mahsulotlar рўйхaтиnишaкллanтирсиn hamda 2020-2022 yillarda ularni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va quvvatlarini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:

2020-2021 yillarda 5 va 5a–5n-ilovalarga muvofiq hududlarning issiqlik ta’minoti tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlargakiritilgan istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish choralarini ko‘rsin;

ushbu loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilishiga qarab, ularni amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘larini jalb qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab:

Toshkent davlat texnika universitetida (Toshkent qurilish-kommunal kasb-hunar kolleji negizida) – issiqlik ta’minoti sohasida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni (issiqlik texnikasi muhandisi, muhandis-metrolog, energiya auditi muhandisi, muhandis-iqtisodchi) tizimli o‘qitish va tayyorlashni;

sohaga oid ta’lim muassasalarida – zamonaviy va innovatsion o‘qitish usullarini qo‘llagan holda, issiqlik ta’minoti ob’ektlarini loyihalashtirish, qurish, boshqarish va ulardan foydalanish sohasida mutaxassislarni kasbga qayta tayyorlash bo‘yichaдоимий ishlaydigan qisqa muddatli (3 oydan 12 oygacha) kurslarni tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A.Gulyamov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev

Toshkent shahri, 2019 yil 2 dekabr


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

qaror issiqlik ta'minoti

Baholaganlar

14

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing