Isroilning Jabaliyaga hujumi oqibatida yuzlab falastinlik halok bo‘ldi

Olam

image

Isroilning G‘azo sektori shimolida joylashgan Jabaliya qochqinlar lageriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida yuzlab tinch aholi vakillari qurbon bo‘ldi. Bu haqda Falastin Ichki ishlar vazirligiga tayanib RIA Novosti xabar berdi.  

"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra katta portlashlardan so‘ng 400 nafar falastinlik o‘lgan yoki og‘ir yaralangan", deyiladi bayonotda.

HAMAS nazoratidagi G‘azo sog‘liqni saqlash boshqarmasi esa kamida 50 kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgan. 

Fojiali hujum ortidan HAMAS guruhi Isroil tomonini qochqinlar lageriga raketa hujumi uyushtirib, tinch aholini atayin o‘ldirayotganlikda aybladi.

Isroil Mudofaa kuchlari hozircha voqea yuzasidan izoh bermagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘azo sektorida Isroilning hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 8525 nafarga yetgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Jabaliyaga hujumi falastin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made