Bugun Qarshi va Navoiyda ikki muhim bahs o‘tkaziladi
Sport
−
18 may 2019 4386 1 daqiqa
Bugun O‘zbekiston Superligasining 9-turidan o‘rin olgan navbatdagi ikki o‘yin bo‘lib o‘tadi. Har ikkala bahs ham toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.
Ushbu bahslardan biri – “Nasaf” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvi aslida vodiyda o‘tkazilishi kerak edi. Ammo Qo‘qondagi stadion hali tayyor bo‘lmagani sababli ushbu o‘yin Qarshiga ko‘chirildi.
Ma’lumot uchun, “Nasaf” oxirgi uchta o‘yinda 2 g‘alaba va 1 durangga erishib, mag‘lubiyatsiz seriya qayd etmoqda. “Qo‘qon-1912” esa aksincha uch o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmayapti.
Yana bir o‘yin Navoiydagi “Yoshlik” o‘yingohida o‘tkaziladi. Unda mahalliy “Qizilqum” jamoasi “Surxon” klubini qabul qiladi.
Ayni paytda surxondaryoliklar 12 ochko to‘plagan holda turnir jadvalining 5-pog‘onasida bormoqda. Navoiy shahri jamoasi esa 9 ochko bilan 9-o‘ringa joylashgan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust