“Isroilning kulini ko‘kka sovuramiz”. Eron Prezidenti ehtimoliy urush haqida gapirdi

Olam

image

Agar Isroil kuchlari Eronga hujum qilsa, sionistlardan asar ham qolmaydi. Bu haqda Prezident Ibrohim Raisiy bayonot bilan chiqdi.

Uning aytishicha, Tel-Aviv Tehronga zarba berishga qaror qilsa, fors davlati tomonidan kuchli qarshi javob beriladi.

"Agar Isroil qo‘shinlari bizning hududga bostirib kirgudek bo‘lsa, vaziyat butunlay boshqacha bo‘ladi – sionistlar rejimi butunlay barham topadi", degan Raisiy.

Avvalroq, g‘arblik ekspertlar Isroil eskirgan havo kuchlari va rus modellariga asoslangan havo mudofaa tizimiga ega bo‘lgan Eronning "burnini yerga ishqalab qo‘yish"da unchalik muammoga duch kelmasligini aytgandi. Isroil havo mudofaasi bo‘yicha sobiq rahbar Zvika Xaimovichning fikricha, forslarning havo mudofaasi, asosan, Rossiyaning S-200 va S-300 zenit-raketa tizimlari yoki "Bavar-373", "Xordod", "Raad", "Sayyod" va "Talash" kabi mahalliy ishlab chiqarilgan bir qator ekvivalentlar, shuningdek, eski Amerika va Rossiya harbiy samolyotlari (hattoki ularning ba’zilari 1970 yillar Shoh Muhammad Rizo Pahlaviy davriga oid) dan iborat.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil Ibrohim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing