Isroilning G‘azodagi operatsiyasiga hech kim to‘sqinlik qilolmaydi – Netanyaxu 

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu SAXALning G‘azodagi harakatlari "adolatli" ekanini da’vo qilib, butun dunyo uni yoqlashi kerakligini iddao qildi. Bu haqda u matbuot anjumanida aytib o‘tgan.

"Men amerikaliklarga aytaman: siz ham bizning asosiy maqsadimiz – HAMASni yo‘q qilish bo‘yicha bizga qo‘shiling, chunki bu sizning ham maqsadingiz bo‘lishi kerak. Va shuni aytishim kerakki, Amerika aholisining aksariyati bizni va siyosatimizni qo‘llab-quvvatlaydi. Darhaqiqat, boshqa ovozlar ham bor, lekin biz ularga qarshi tura olamiz”, degan u.

Shu bilan birga, Netanyaxu Isroil G‘azo sektorida harbiy operatsiya o‘tkazish masalasida hech qanday bosimga bo‘ysunmasligini ta’kidlagan. 

“Men aniq aytmoqchiman: hech qanday xalqaro bosim, armiyamiz haqida aytilgan yolg‘on gaplar maqsadimizni o‘zgartira olmaydi va o‘zimizni himoya qilishdek burchimizni bajarishdan to‘xtatmaydi", degan Bosh vazir.

Unga ko‘ra, ko‘plab dunyo yetakchilari uning taklifiga javob berib, mintaqadagi vaziyat yomonlashayotgan bir paytda birdamlik belgisi sifatida Isroilga tashrif buyurmoqda. 

"Bu biz uchun juda muhim, ammo bu ba’zida kelishmovchiliklar yuzaga kelmaydi, degani emas. Chunki bu mamlakatlarning ba’zilarida liderlarga bosim o‘tkazadigan ozchiliklar bor. Va men rahbarlarga aytaman: bosimga berilmang, bizning urushimiz sizning ham urushingizdir va biz bu urushda o‘zimiz va siz uchun g‘alaba qozonishimiz kerak”, deydi Isroil hukumati rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing