“Isroilning dezinformatsion kampaniyalariga ishonmang”. Turkiya Katsning iddaolarini rad etdi

Olam

image

Oldinroq, Isroil Tashqi ishlar vaziri Israel Kats Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni HAMAS siyosiy byurosi sobiq rahbari Ismoil Xoniyaning o‘g‘illariga otasining pullarini bermaganlikda ayblagandi. Rasmiy Anqara bunday iddaoni rad etdi va Isroilning dezinformatsiya kampaniyalariga ishonmaslikka chaqirdi. Bu haqda Turkiya Prezidenti huzuridagi dezinformatsiyaga qarshi kurash aloqa markazi idorasi bayonot berdi.

“Katsning da’vosi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Isroil suiqasdi oqibatida Eronda shahid bo‘lgan HAMAS siyosiy byurosi raisi Ismoil Xoniyaning da’vo qilinganidek turk banklarida omonatlari yo‘q. Prezidentimiz janob Rajab Toyib Erdo‘g‘an Xoniyaning o‘g‘illari Abdul Salom va Hammomni qabul qilib, Xoniyaning shahid bo‘lishi munosabati bilan ta’ziya bildirdi”, deyiladi xabarda.

Idoraga ko‘ra, qabul chog‘ida Isroil Tashqi ishlar vaziri Kats aytgan masala ko‘tarilmagan.

“Isroil tomonidan Falastindagi genotsidni qonuniylashtirish va dunyo jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilish maqsadida olib borilayotgan dezinformatsion kampaniyalarga ishonmang”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 10 avgust kuni Istanbulda Xoniyaning o‘g‘illari Abdul Salom va Hammomni qabul qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an Isroil Israel' Kats

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing