Isroilning Hindistondagi elchixonasi yonida portlash yuz berdi

Olam

image

Kecha, 26 dekabr kuni Nyu-Dehlidagi Isroil elchixonasi yaqinida portlash sodir bo‘ldi, qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q. Bu haqda Isroilning “Kan” davlat radiosi xabar berdi.

Radiostansiya ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa yuzasidan tergovni Hindiston politsiyasi Isroil xavfsizlik xizmatlari bilan hamkorlikda olib bormoqda.

Isroilning Hindistondagi elchixonasi Nyu-Dehlidagi diplomatik missiya binosi yaqinida portlash yuz berganini tasdiqlagan. 

"Tasdiqlashimiz mumkinki, taxminan 17:08 da elchixona yaqinida portlash sodir bo‘lgan. Politsiya va xavfsizlik xizmatlari voqea yuzasidan tergovni davom ettirmoqda", deydi diplomatik missiyaning matbuot attashesi Gay Nir.

Uning aniqlik kiritishicha, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Voqea diplomatik missiya ishiga ta’sir qiladimi, degan savolga javob berar ekan, Nir birinchi navbatda tergov natijalarini kutish kerakligini ta’kidlagan.

Nyu-Dehli politsiyasi esa Isroil elchixonasi yaqinida portlash yuz bergani haqida signal olganini, biroq voqea joyida “shubhali hech narsa” topilmaganini bildirgan. Elchixona hududi o‘rab olingan. 

Ma’lumot uchun, bu Isroilning Nyu-Dehlidagi elchixonasida sodir bo‘lgan birinchi bunday hodisa emas. Joriy yil boshida ham diplomatik missiya binosi yaqinida qo‘lbola portlovchi qurilma portlagan. Isroil tomoni buni terrorchilik harakati sifatida baholagan.


Maqola muallifi

Teglar

elchixona Hindiston Isroil N'yu-Dehli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing