Isroilni faqat men himoya qila olaman – Tramp 

Olam

image

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp o‘zini Isroilni “agressiyadan himoya qilishga qodir” yagona davlat rahbarligiga nomzod, deb hisoblaydi. Bu haqda “The Hill” nashri xabar berdi.

“Men Isroil xavfsizligini ta’minladim, buni esda tuting. Men Isroilni xavfsiz saqladim. Buni boshqa hech kim qilmaydi va qila olmaydi. Men barcha o‘yinchilarni bilaman”, degan Tramp.

Shuningdek, u HAMASning Isroilga hujumida Jo Baydenni ayblagan. Trampning bashorat qilishicha, "vaziyat kelgusida faqat yomonlashadi".

Bundan tashqari, sobiq prezident Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning lavozimidan ketishini yoqlab chiqqan.

“2025 yil – men prezidentlikka saylangunimga qadar Netanyaxuning iste’foga chiqishini xohlayman”, degan Tramp.

Shuningdek, u HAMASning Isroilga hujumi tayyorlanayotganini aniqlab, oshkor eta olmagan Mossad, ya’ni Isroil razvedka xizmatini qoralagan. Bundan tashqari, sobiq prezident Falastinga har qanday yordamni to‘xtatish tarafdori ekanini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Donald Tramp agar u AQSH ma’muriyati rahbari bo‘lganida Falastin-Isroil mojarosining keskinlashuvi yuz bermasligini aytgandi. Shuningdek, u Binyamin Netanyaxu HAMAS harakatining hujumiga yetarlicha tayyor bo‘lmaganini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Falastin Isroil HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing