Isroillik askarlar G‘arbiy Sohilda bug‘doy dalalariga o‘t qo‘ydi
Olam
−
29 may 4313 1 daqiqa
Isroil askarlari o‘z qo‘l-ostidagi Falastin yerlari hududida joylashgan ikki qishloqqa hujum qilib, qishloq xo‘jaligi yerlari va bug‘doy dalalariga o‘t qo‘ydi. Bu haqda turkiyaning TRT Haber nashri xabar qildi.
Mahalliy manbalarga ko‘ra, G‘arbiy Cohil janubidagi Xalil shahriga qarashli Fukaykis qishlog‘iga hujum qilgan bosqinchi isroilliklar dehqonlarning bug‘doy dalalari va ekin maydonlarini yoqib yuborgan. Hujum vaqtida dalalarda ishlayotgan falastinlik dehqonlar ham nishonga olingani va ularni yoqib yuborishga urinilgani aytilmoqda. Shunga o‘xshash hujum Ramalloh yaqinidagi Abu Falah qishlog‘ida ham sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, yong‘inni o‘chirish uchun kelgan o‘t o‘chiruvchilar Isroil armiyasi tomonidan to‘sib qo‘yilgan. Qishloq aholisi alangalarni o‘zlari o‘chirishga harakat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil mudofaa armiyasiga (SAXAL) G‘azo sektori hududi ustidan nazoratni 70 foizgacha kengaytirish haqida buyruq bergan edi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr