Isroillik asirlarning ikkinchi guruhi ozod qilindi (video)
Olam
−
13 Oktabr 2025 3246 1 daqiqa
G‘azo sektorida Isroilning ikkinchi guruh garovga olingan fuqarolari Qizil Xoch vakillariga topshirildi. Bu haqda “Amitsegal” xabar berdi.
“O‘n uch nafar garovdagilar Qizil Xoch vakillariga topshirildi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, HAMAS shu tariqa barcha tirik qolgan isroillik garovdagilarni ozod qilgan. Halok bo‘lganlarning jasadlari keyinroq topshirilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq HAMAS yetti kishidan iborat birinchi guruh garovdagilarni Qizil Xochga topshirgan edi. Hozirga kelib, ular Isroilga yetib borgan. Ular mamlakat janubidagi qabul punktiga olib boriladi va u yerda yaqinlari bilan uchrashadi.
Isroilning davlat teleradiokompaniyasi hisoblanuvchi “Kan”ning xabariga ko‘ra, ozod etilgan garovdagilarning ahvoli qoniqarli, ular mustaqil harakatlana oladi.
Qayd etish joiz, joriy yilning 9 oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Isroil va HAMAS G‘azo sektoridagi mojaroni hal etish bo‘yicha tinchlik rejasining birinchi bosqichi bo‘yicha kelishuv imzolaganini ma’lum qilgandi. Amerika rahbari bu “barcha garovdagilarning tez orada ozod qilinishi, shuningdek, Isroil qo‘shinlarining kelishilgan chiziqlargacha orqaga chekinishini” anglatishini bildirgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025