“Isroilga qurol berishni bas qiling!” Nihoyat "qora shahzoda tilga kirdi”

Olam

image

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon BRICS'ning navbatdan tashqari sammitida barcha davlatlarni Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda Al-Arabiya xabar berdi.

Unga ko‘ra, valiahd shahzoda 1967 yilgi chegaralarda Falastin davlatini yaratish uchun jiddiy harakatlarni boshlash kerakligini aytib o‘tgan.

"Qirollik ham Falastinda tinchlik va barqarorlikka erishish uchun ikki davlat kelishuvi asosida xalqaro qarorlarni amalga oshirishi kerak, deb hisoblaydi”, degan u.

Shu bilan birga u Saudiya ham Isroilning G‘azodagi operatsiyasini qoralashini bildirib, tomonlarni muzokaralar asosida qon to‘kilishlarining oldini olishga chaqirgan. Muhammad bin Salmon G‘azodagi qirg‘inlarga barham berish uchun barcha davlatlarni birgalikda harakat qilishga chorladi.

“Saudiya Arabistoni 7 oktyabr kuni urush boshlanganidan beri G‘azodagi tinch aholini himoya qilish uchun bor imkoniyatlarini ishga solmoqda”, deya qo‘shimcha qilgan valiahd shahzoda.

Eslatib o‘tamiz, 11 noyabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan Arab davlatlari ligasi hamda Islom hamkorlik tashkilotining qo‘shma majlisida Isroilni tiyishga qaratilgan takliflarga Saudiya Arabistoni, Misr, BAA, Iordaniya, Bahrayn, Sudan va Jibuti qarshi chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Saudiya G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing