Isroilga hujum ortidan G‘arb elchilari Eron TIVga chaqirtirildi

Olam

image

Eron Tashqi ishlar vazirligi Isroilga uyushtirilgan ommaviy hujum ortidan Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya elchilarini chaqirtirdi. Bu haqda bugun, 14 aprel kuni vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

“Bugun ertalab Tehrondagi Tashqi ishlar vazirligida G‘arbiy Yevropa departamenti rahbari sionistik rejimning fuqarolarimiz va manfaatlarimizga qarshi bir qator harakatlariga, eng oxirgisi mamlakatimizning Damashqdagi elchixonasiga qo‘rqoqlarcha hujum uyushtirilganiga Eron Islom Respublikasining munosabati bilan bog‘liq Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya rasmiylarining  mas’uliyatsiz pozitsiyasi tufayli Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya elchilarini alohida chaqirtirdi”, deyiladi vazirlikning X’dagi sahifasida.

Eronlik diplomatning Yevropa rasmiylariga aytishicha, Tehron “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining 51-moddasida mustahkamlangan qonuniy mudofaa bo‘yicha ajralmas huquqidan foydalangan holda va sionistik rejimning bir qator jinoyatlariga javoban” harakat qilgan. 
Diplomatning qo‘shimcha qilishicha, Eron “barcha imkoniyatlardan foydalangan holda, har doim keskinlik kuchayishining oldini olishga intilganini o‘zining konstruktiv va samarali harakatlari bilan namoyish etgan”.

Eslatib o‘tamiz, Eron bugun, 14 aprelga o‘tar kechasi Isroilga yuzdan ortiq uchuvchisiz dron va o‘nlab raketalarni uchirgan edi. Biroq ulardan 99 foizi tutib olingani aytildi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Frantsiya Eron Buyuk Britaniya Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing