Isroilga hujum “Qiyomat kuni urushi”ga to‘g‘ri keldi

Olam

image

HAMAS “Qiyomat kuni urushi”ga 50 yil to‘lganining ertasi kuni Isroilga hujum qildi. Xo‘sh, “Qiyomat kuni urushi” qanday urush edi?

“Qiyomat kuni urushi” arab-isroil mojarosi tarixidagi muhim voqealardan biriga aylangan voqealardan biridir. U 1973 yil 6 oktyabrda boshlangan. O‘shanda Isroil va arab davlatlari, xususan, Misr va Suriya o‘rtasidagi uzoq muddatli taranglik mojaroga olib kelgan edi. Arab davlatlari 1967 yilgi Olti kunlik urushda boy berilgan hududlarni qaytarib olishga va mintaqadagi strategik mavqeini tiklashni xohlardi.

1973 yilning oktyabr oyi boshida Misr va Suriya yahudiylikning eng muhim bayrami – Yom-Kipur (Qiyomat kuni)da Isroilga kutilmagan hujum uyushtirdi. Bu isroilliklar uchun strategik kutilmagan hodisa bo‘ldi va arab kuchlari dastlabki kunlarda sezilarli yutuqlarga erishgan.

Biroq Isroil o‘z zahiralarini ishga soldi: Suriya va Misr jabhalarida qarshi hujumlar uyushtirdi va vaziyatni o‘z foydasiga o‘zgartirdi. Shiddatli janglarda ikki tomondan ko‘plab qurbonlar bo‘lgan. Shundan so‘ng, BMT shafeligi, Sobiq Ittifoq va AQSH vositachiligida sulhga erishildi.

Oxir-oqibat, hududiy o‘zgarishlar cheklandi. Ammo “Qiyomat kuni urushi” har ikki tomonni strategiyani qayta ko‘rib chiqish va mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga undagan katta burilish nuqtasi sifatida tarixga qoldi.

Eslatib o‘tamiz, 7 oktyabr kuni Isroilda ro‘y berayotgan voqealar fonida mamlakat Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu isroilliklarga murojaat bilan chiqib, sodir bo‘layotgan narsa to‘laqonli urush ekanini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Qiyomat kuni urushi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing