Isroildagi o‘zbekistonliklardan ko‘chaga chiqmaslik so‘raldi

Jamiyat

image

Hozirgi paytda Isroilda murakkab vaziyat vujudga kelayotganini e’tiborga olib, mamlakatdagi o‘zbekistonliklarga shaxsiy xavfsizlik choralarini ko‘rish va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslik tavsiya etilmoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ogohlantirish bilan chiqdi.

“Zaruratsiz ko‘chaga va boshqa ko‘ngilochar muassasalarga tashrif buyurmang. Elchixonaga o‘ta zarur bo‘lmagan hollarda konsullik xizmatlarini olish uchun kelishni vaqtincha to‘xtatib turishni so‘raymiz. Iltimos, o‘z hayotingizni ehtiyot qiling”, deyiladi xabarda.

Elchixona konsullik bo‘limi ishonch telefonlari:

  •  03-672-2466;
  •  03-672-2371;
  •  03-758-5075;
  •  03-758-5076.

 Favqulodda holatlarda va shoshilinch xabarlar uchun:

  •  +972 54 485 1397.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 iyun kuni Isroil Eronga raketa hujumlari uyushtirdi. Oqibatda mamlakatning bir nechta yuqori lavolzimli qo‘mondonlari, shuningdek tinch aholi vakillari halok bo‘ldi. Shuningdek, yadroviy inshootlar zarar ko‘rdi. Umuman olganda, Isroilning 13 iyunga o‘tar kechasi boshlangan yirik zarbalari Eronning 20 ga yaqin yuqori martabali harbiy rahbarlari va asosiy yadroviy olimlarining hayotiga zomin bo‘ldi.

Isroil tomonidan Eronga qarshi amalga oshirilgan keng ko‘lamli hujumlardan so‘ng, Eron Isroilga qarshi o‘z javob zarbalarini yo‘lladi. Eron harbiy kuchlari tomonidan Isroil hududiga qarata 200 dan ortiq dron va ballistik raketalar uchirilgan. Isroil Mudofaa kuchlari ushbu zarbalarni tasdiqlagan va havo mudofaa tizimlari zudlik bilan ishga tushirilgan. SAXAL rasmiy bayonotida aytilishicha, Isroil havo mudofaasi katta miqdordagi hujumchi dron va raketalarni tutib qolishga muvaffaq bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan va 10 dan ortiq kishi jarohat olgan.


Maqola muallifi

Teglar

raketa hujumi Eron-Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing