Isroildagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Jamiyat

image

Isroildagi xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkinligi munosabati bilan ushbu mamlakatdagi o‘zbekistonliklardan ehtiyotkorlikni yanada kuchaytirish so‘raldi. Bu haqda bugun, 7 aprel kuni Isroildagi O‘zbekiston elchixonasi ogohlantirish bilan chiqdi.

Shu munosabat bilan, elchixona barcha O‘zbekiston fuqarolarini Isroil Frontorti qo‘mondanligi ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilishga yana bir bor chaqirmoqda.

Xavfsizlik maqsadida:

  • doimo himoyalangan joylarga yaqin hududda bo‘lish;
  • havo hujumi haqida signal berilganda yoki sirena eshitilganda darhol himoyalangan joyga kirish;
  • Frontorti qo‘mondonligi tomonidan rasmiy ruxsat berilmaguncha himoyalangan joyni tark etmaslik;
  • rasmiy xabarlar va favqulodda ko‘rsatmalarni doimiy ravishda kuzatib borish zarur.

Shuningdek, diplomatik vakolatxona barcha fuqarolarga xavfsizlik qoidalariga amal qilayotgani uchun minnatdorlik bildirgan hamda ehtiyotkorlikni saqlashni so‘ragan.

Shoshilinch murojaatlar uchun quyidagi aloqa vositalari faoliyat yuritmoqda:

  • 03-672-2466 / 03-672-2371 / 03-758-5075 / 03-758-5076;
  • Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun: +972 54-4851397;
  • Elektron manzil: il.uzembassy@mfa.uz.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 7 apreldan 8 aprelga o‘tar kechasi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashishi kutilmoqda. AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronga Hormuz bo‘g‘ozini ochish uchun aynan 7 aprelgacha muhlat bergan edi, biroq uning talabi rad etildi. Buning ortidan Tramp Eronni nazarda tutib, bugun tunda butun bir sivilizatsiyani halokatga uchratish bilan tahdid qildi.


Maqola muallifi

Teglar

ogohlantirish o'zbekistonliklar Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing