Isroildagi o‘zbekistonlik talabalar Toshkentga evakuatsiya qilindi
Jamiyat
−
15 Oktabr 2023
9911Bugun, 15 oktyabr kuni Xolon texnologiya institutida (HIT) tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar Toshkentga evakuatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, institut bilan talabalarning o‘qishini onlayn formatda davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Ular matematika, yuqori texnologiyalar, sun’iy intellekt kabi mashhur sohalarda tahsil olayotgan edi.
"Elchixona HIT, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitet, Buxoro va Samarqand davlat universitetlari, shuningdek, “O‘zbekiston havo yo‘llari” AKning Tel-Avivdagi vakolatxonasiga talabalarni O‘zbekistonga jo‘natishda yordam bergani uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
Biz HIT rektori janob Eduard Yakubovga alohida minnatdorchilik bildiramiz, uning faol ko‘magida biz o‘zbekistonlik talabalarni o‘z vataniga jo‘natish bilan bog‘liq barcha masalalarni tezkorlik bilan hal etishga muvaffaq bo‘ldik”, deyiladi elchixona xabarida.
LiveBarchasi