Isroildagi tartibsizliklarda 100 dan ortiq odam jarohatlandi (video)

Olam

image

Isroilning Tel-Aviv shahrida Eritreyadan kelgan qochqinlar ishtirokida katta tartibsizlik kelib chiqdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tartibsizliklar Isroilda Eritreya madaniyati festivali o‘tkazilishiga qarshi namoyishlar ortidan boshlangan. Hukumat muxoliflari mamlakatning Isroildagi elchixonasi yonida festival o‘tkazilishiga qarshi norozilik metingi uyushtirgan, buning ortidan esa tartibsizliklar avj olib ketgan.

Namoyishchilar tadbir joyiga bostirib borib, ishtirokchilarni toshbo‘ron qila boshlagan. Politsiya ularga qarshi shovqinli granatalardan foydalangan. 

“The Times of Israel” xabar berishicha, to‘qnashuvlar oqibatida kamida 114 kishi, jumladan, 27 nafar huquq-tartibot idorasi xodimi yaralangan. Ayrim hollarda politsiya olomonni tarqatish uchun xizmat qurolidan foydalanishga majbur bo‘lgan, 11 kishi o‘qdan jarohat olgan.

“Isroil politsiyasi tartibni buzganlarga qarshi harakatni davom ettirmoqda. Ayni damda politsiya xodimlariga hujum qilgan va politsiyaga tosh otgan 10 nafar qoidabuzar qo‘lga olindi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil tartibsizlik qochqinlar Eritreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing