Isroildagi qamoqxonadan falastinlik olti mahkum qochib ketdi
Olam
−
06 Sentabr 2021
13734Bugun, 6 sentyabr kuni tunda Isroildagi “Gilboa” qamoqxonasidan terrorchilik moddalari bo‘yicha jazo o‘tayotgan olti falastinlik mahkum qochib ketdi.
Mahkumlar qazilgan tunnel orqali qochishga muvaffaq bo‘lgan. Qochganlardan biri Jenin shahridagi “Al-Aqso shahidlari brigadasi”ning sobiq rahbari Zakariya Zbeydi bo‘lgan. U 2019 yilda Samariyada fuqarolik avtobuslariga qarata o‘q uzgani uchun qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
“Gilboa” qamoqxonasi Falastin ma’muriyati bilan chegaradan bir necha kilometr narida joylashgan.
Ta’kidlanishicha, qochgan olti kishining barchasi bitta kamerada bo‘lgan. Mahbuslarning g‘oyib bo‘lgani tungi soat 3:25 da aniqlangan.
Xavfsizlik tizimi qochqinlar Samariyaga kirishga muvaffaq bo‘lgan deb hisoblaydi. Qayd etilishicha, tez orada Jenin hududidagi yo‘llarda to‘siqlar o‘rnatiladi.