Isroilda namoyishchilar Netanyaxuning iste’fosini talab qilmoqda

Olam

image

Kecha, 18 noyabr kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Kesariyadagi qarorgohi oldida yuzlab fuqarolar ishtirokida miting bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Yedioth Ahronoth” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, namoyishchilar Netanyaxu va uning hukumatini 7 oktyabrdan buyon yaqinlarining HAMAS tomonidan garovga olinishi va o‘ldirilishida javobgar deb hisoblamoqda. 

Qatnashchilar qo‘llarida Isroil bayroqlari, garovga olingan oila a’zolarining suratlarini va “Siz aybdorsiz, yana qancha qon to‘kish kerak?”, “Netanyaxu aybdor”, “Iste’foga chiq”, “Garovga olinganlar ozod qilinsin” kabi so‘zlar yozilgan plakatlarni ko‘targan holda o‘z noroziligini bildirgan.

Isroil rasmiylariga ko‘ra, hozirda 240 dan 250 nafargacha odam HAMAS tomonidan garovda saqlanmoqda. Ularning aksariyati Isroil fuqarolari, shuningdek, AQSH, Germaniya va boshqa mamlakatlardan kelgan ikki fuqarolikka ega bo‘lganlar ham bor. Taxminan 35 kishi esa xorijliklar bo‘lib, ularning aksariyati Isroilda ishlayotgan Tailand fuqarolari ekani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi boshida ham Isroil fuqarolari Bosh vazir Binyamin Netanyaxuning 7 oktyabr kuni HAMAS hujumi paytida Isroil mudofaasidagi sharmandali muvaffaqiyatsizlik uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmayotganidan g‘azablanib, namoyishga chiqqan edi. Shu bois ularning aksariyati urushdan keyin Bosh vazirni iste’foga chiqishga chaqirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

iste'fo miting Isroil HAMAS Bin'yamin Netan'yaxu Kesariya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing