Isroilda favqulodda holat yana bir yilga uzaytirildi
Olam
−
25 dekabr
1524Isroil parlamenti (Knesset) mamlakatdagi favqulodda holatni yana bir yilga – 2025 yilning 25 dekabriga qadar uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda “Times of Israel” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bu taklifni 120 deputatdan 29 nafari qo‘llab-quvvatlagan, yana yetti nafari qarshi ovoz bergan, qolganlari esa betaraf qolgan.
Shunday qilib, Knesset o‘zining Tashqi va xavfsizlik siyosati va Adliya qo‘mitasi tavsiyalariga amal qilgan holda muddatni uzaytirgan.
“Favqulodda holat mamlakat hukumatiga favqulodda farmonlar, xususan, milliy qonunchilikdan ustun bo‘lgan qoidalarni chiqarish imkonini beradi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Knesset Isroildagi favqulodda holat muddatini oxirgi marta shu yilning may oyida uzaytirgan edi, biroq o‘shanda uning muddati olti oy edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT Bosh Assambleyasi Isroilga qarshi uchta rezolyutsiya qabul qilgandi. Bu rezolyutsiyalar 2024 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 17 marta Isroilning qoralanishi bo‘lgan.
LiveBarchasi