Isroil javob zarbasi haqida bir qarorga keldi. Eron ham tayyor

Olam

image

Eron hukumati Isroilning mamlakat hududiga hamda boshqa davlatlardagi xodimlari va ishonchli vakillariga hujum qilish ehtimoli sabab tayyorlanyapti. Bu haqda "The Wall Street Journal" nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Eron chorshanba kuni havo kuchlarini zarba berishga tayyorlanayotganini va dengiz floti Qizil dengizda tijoriy kemalarni kuzatishni boshlashini aytgan.

“Tehron, shuningdek, Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusi ko‘p bo‘lgan Suriyadagi ob’ektlaridan xodimlarini ham evakuatsiya qilishni boshladi”, degan Suriya va Eron rasmiylari nashrga.

Xavfsizlik xizmatlariga ko‘ra, Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusi va Livanning “Hizbulloh” guruhi Suriyadagi yuqori martabali zobitlarini boshqa joyga ko‘chirgan. 

Avvalroq Isroilning "The Jerusalem Post" gazetasi Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL) Eron tomonidan 14 aprelga o‘tar kechasi amalga oshirilgan havo hujumiga javob choralari bo‘yicha qaror qabul qilgani haqida yozgandi.

SAHAL matbuot kotibi Daniel Xagari ham jurnalistlar bilan suhbatda "Eron bu tajovuz uchun jazosiz qolmasligiga" va’da bergan edi.

"Isroil mansabdorlari Eronning yadroviy ob’ektlariga yoki Isroilga hujum qilishda bevosita ishtirok etgan uchuvchisiz uchoqlar, ballistik raketalar bilan bog‘liq ob’ektlarga zarba berilishiga shama qilyapti, ammo buning uchun hali vaqt belgilanmagan", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing