Isroil yana G‘azoda yordam kutayotgan odamlarga hujum qildi
Olam
−
24 iyun 2825 1 daqiqa
Bugun, 24 iyun kuni tongda Isroil tomonidan G‘azo shahrining turli hududlariga va G‘azo janubida insonparvarlik yordamini kutayotgan fuqarolar to‘plangan joylarga uyushtirilgan havo hujumlari oqibatida kamida 24 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi, yana o‘nlab odamlar jarohat oldi. Bu haqda WAFA xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, G‘azo shahrining janubidagi Sabra mahallasida bombardimon qilingan uy vayronalari ostidan 5 nafar jasad topilib, ular Ash-Shifo tibbiy majmuasiga yaradorlar bilan birga yetkazilgan.
Shuningdek, Nuseyratda joylashgan Al-Avdo shifoxonasi manbalarining xabariga ko‘ra, Salohiddin ko‘chasida yordam olish uchun to‘plangan yuzlab fuqarolarning nishonga olinishi oqibatida shifoxonaga 19 ta jasad va 146 nafar yarador olib borilgan.
Nashr manbalarining bildirishicha, yaralanganlarning 62 nafari og‘ir ahvolda bo‘lib, ular G‘azo sektorining markaziy qismidagi boshqa shifoxonalarga davolanish uchun yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Isroil armiyasining G‘azo sektori janubidagi Netzarim koridori hududida gumanitar yordam kutayotgan tinch aholiga uyushtirgan hujumida kamida 22 falastinlik halok bo‘lib, ko‘plar yaralangan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr