Isroil yana 39 nafar falastinlikni ozod qildi

Olam

image

Kecha, 25 noyabr kuni Isroil qamoqxonalari boshqarmasi HAMAS bilan kelishuv doirasida 39 nafar falastinlikni ozod qildi. Qarshi tomon ham mos ravishda garovga olinganlarning ikkinchi guruhini qo‘yib yuborgan. Isroil armiyasi matbuot xizmatiga ko‘ra, 13 isroillikdan iborat guruh Misr orqali Isroilga etib kelgan.

“Ozod qilinganlar Isroil hududida dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Isroil mudofaa kuchlarining maxsus bo‘linmalari va Umumiy xavfsizlik xizmati kuchlari hozirda ular bilan birga. Xodimlarning asosiy vazifasi ozod qilinganlarning barchasi uyiga yetib olguniga qadar ularni muhofaza qilish”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Aytish joiz, tomonlar kecha, 25 noyabr kuni 42 ga 14 ko‘rinishida garovga olinganlar almashinuvi amalga oshirilishi haqida xabar bergan edi. Biroq raqamlarga qaraydigan bo‘lsak, ularning bu qarori so‘nggi daqiqalarda yana o‘zgargan ko‘rinadi.

Eslatib o‘tamiz, 22 noyabrga o‘tar kechasi bir necha soatlik muhokamalardan so‘ng, Isroil va HAMAS o‘rtasida 4 kunlik sulhga kelishilgandi. Unga ko‘ra, 50 nafar garovdagi shaxs evaziga Isroil qamoqxonalaridagi 150 nafar falastinlik ozodlikka chiqarilishi, 4 kun davomida har ikki tomon ham o‘t ochishni to‘xtatishi belgilangandi. Kecha, 24 noyabr kuni kelishuv kuchga kirgani xabar qilindi.

Sulh doirasida HAMAS 13 nafar isroillikni, jumladan to‘rt bolani ozod qildi. Buning evaziga Isroil 39 nafar falastinlikni (24 ayol va 15 o‘smir) qamoqdan ozod qildi. Bundan tashqari, HAMAS kelishuv shartlariga kiritilmagan bo‘lsada 12 nafar Tailand fuqarosini qo‘yib yubordi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil sulh HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing