Isroil yana “Hizbulloh”ga zarbalar yo‘lladi
Olam
−
20 noyabr 1996 2 daqiqa
Joriy yilning 18 noyabr kuni Isroil armiyasi Livan janubidagi “Hizbulloh” nishonlariga zarbalar bera boshladi. Bu haqda Isroil Mudofaa kuchlari xabar berdi.
Da’vo qilinishicha, ushbu zarbalarning nishonlari Livan janubida joylashgan “Hizbulloh” harakatining harbiy ob’ektlaridir. Harbiy samolyotlar Livan janubidagi Sur shahri yaqinidagi ikki aholi punktiga borib urilgan.
Livan tomoniga ko‘ra, Isroil samolyotlari Sur shahrining janubida joylashgan Deyr-Kifa va Shuhur aholi punktlariga zarba bergan. Hujumning ehtimoliy talafotlari borasida Livan rasmiylari hozircha hech qanday bayonot bermagan.
Qayd etish joiz, 18 noyabr kuni kechqurun Isroil armiyasining Livandagi Sayda shahrida joylashgan Ayn-al-Hilve falastinlik qochqinlar lageriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida 13 kishi halok bo‘lgandi.
Qolaversa, Isroil harbiy-havo kuchlari Livan janubidagi yana ikki shaharga hujum qilgan. Xabarlarga ko‘ra, Isroil aviatsiyasi Aynata va Tayr-Felsay shaharlariga ham zarbalar bergan.
Ma’lumot uchun, Isroil va Livan o‘rtasida 2024 yilning 27 noyabrida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi imzolangan. Shunga qaramay, Isroil tomoni uning shartlarini muntazam ravishda buzib kelmoqda. O‘t ochishni to‘xtatish rejimi kuchga kirgandan beri Isroil armiyasi uni 4,5 ming martadan ko‘proq buzgan. Oqibatda yuzlab odamlar halok bo‘lgan yoki jarohatlangan.
2023 yilning oktyabr oyida Isroil Livanga qarshi hujum boshlagan va bu 2024 yil sentyabrida keng ko‘lamli urushga aylanib ketgan. Urush davomida 4 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan, taxminan 17 ming kishi jarohatlangan.
2024 yilning noyabrida Livan va Isroil o‘rtasida sulh imzolanganiga qaramay, Isroil bu kelishuvni 4500 martadan ko‘proq buzgan, oqibatda yuzlab tinch aholi vakillari halok bo‘lib, jarohat olgan.
Isroil hali ham Livanda egallab olingan 5 tepalikni o‘z nazoratida ushlab turibdi, shuningdek, bir necha o‘n yillar davomida nazoratida bo‘lgan ayrim hududlarni ham qo‘ldan chiqarmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil armiyasi Livan bilan chegarani belgilovchi Blue Line’ni kesib o‘tgan devor qurgani haqida xabar berilgandi. Blue Line – BMT tomonidan belgilangan chiziq bo‘lib, Livan va Isroil hamda Isroil tomonidan egallangan Jo‘lon tepaliklarini ajratadi.
Live
Barchasi