Isroil Yamanga havo hujumi uyushtirdi (video)

Olam

image
Yamandan Isroilga uchirilgan ballistik raketa aeroportda portladi (video) north_east

Yamandan Isroilga uchirilgan ballistik raketa aeroportda portladi (video)

AQSH husiylarning qurol omborlariga zarba berdi north_east

AQSH husiylarning qurol omborlariga zarba berdi

Kecha, 5 may kuni kechqurun Isroil harbiy-havo kuchlarining 20 ga yaqin qiruvchi samolyoti Yaman qirg‘oqlaridagi husiylar infratuzilmasiga, jumladan, Xodeyda port shahri va Bajil shahri yaqinidagi sement zavodiga zarba berdi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlariga (SAXAL) tayanib, “The Times of Israel” xabar berdi.

Qayd etilishicha, zarba bir kun avval husiylar tomonidan amalga oshirilgan raketa hujumiga javoban amalga oshirilgan. O‘shanda Tel-Avivdagi Ben Gurion xalqaro aeroporti yaqinida raketa qulashi oqibatida bir necha kishi jarohatlangandi.

Isroil harbiylari Hudeyda portidan husiylar “Eron qurollari, harbiy texnikalarini tashish va boshqa terrorchilik maqsadlarida” foydalanganini da’vo qilmoqda. SAXAL ma’lumotlariga ko‘ra, Bajildagi sement zavodidan husiylar tunnellar va harbiy infratuzilma qurish uchun foydalanmoqda. Isroil harbiylari bu hujumni “rejim iqtisodiyoti va harbiy salohiyatiga zarba” ekanini aytdi.

Isroilning Yamandagi husiylarga qarshi hujumi urush boshlanganidan beri oltinchi va 2025 yil yanvaridan beri birinchisi bo‘ldi. “The Times of Israel” nashriga ko‘ra, zarbalar AQSH bilan muvofiqlashtirilgan, biroq qo‘shma operatsiya emas edi. Pentagon, shuningdek, AQSH armiyasi Isroilning Yamandagi husiy nishonlariga hujumida ishtirok etmaganini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, Yaman OAVlari AQSH havo hujumlarini mamlakat poytaxti Sana shahriga zarba berganini xabar qildi. Husiylar nazoratidagi “Saba” axborot agentligining ma’lum qilishicha, AQSH zarbalari al-Arbain ko‘chasi va aeroport yo‘liga berilgan. Husiylar nazoratidagi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, zarbalar oqibatida 16 kishi jarohatlangan.

Ma’lumot uchun, husiylar Yamanning katta qismini nazorat qiladi. 2023 yil oktyabr oyida G‘azoda qonli urush boshlanganidan so‘ng, husiylar HAMAS bilan birdamlik e’lon qilib, Isroilga raketa va uchuvchisiz havo zarbalarini berishni boshladi.

Bundan tashqari, ular Yaman qirg‘oqlari yaqinida Adan ko‘rfazi yoki Qizil dengizda kemalarga hujumlar uyushtirgan. Oqibatda ko‘plab savdo kemalari jahon savdosining asosiy yo‘llaridan biri bo‘lgan Suvaysh kanalidan foydalanmaslikni afzal ko‘ra boshladi.

Mart oyi o‘rtalarida Qo‘shma Shtatlar Qizil dengizdagi kemalarga hutiylarning hujumlarini to‘xtatish uchun Yamanda yirik harbiy operatsiya boshlagan edi. O‘shandan beri AQSH harbiylari Yamanda 800 dan ortiq hujum uyushtirib, o‘z ma’lumotlariga ko‘ra, yuzlab husiylarni o‘ldirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Yaman husiylar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing