Isroil vertolyoti G‘azo sektorida qulab tushdi
Olam
−
11 Sentabr
3785Isroil Harbiy-havo kuchlarining vertolyoti G‘azo sektori janubidagi Rafah shahri yaqinida halokatga uchradi. Bu haqda armiya matbuot xizmati xabar berdi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida ikki nafar Isroil askari halok bo‘lgan, yana yetti nafari turli darajada yaralangan. Hozirda hodisa sabablari aniqlanmoqda.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyot dushman o‘qlari tufayli halokatga uchramagan”, deyiladi armiya xabarida.
Armiya matbuot xizmati bayonotiga ko‘ra, gap Yanshuf vertolyoti (ibroniycha “boyo‘g‘li”) haqida ketmoqda – bu Isroil Harbiy-havo kuchlaridagi Amerika ko‘p maqsadli UH-60 Black Hawk vertolyotining nomi.
“Kechasi u G‘azoda yaralangan isroillik askarni kasalxonaga evakuatsiya qilish uchun chaqirilgan. Vertolyot Rafah hududiga qo‘nayotganda halokatga uchragan”, deyiladi armiya xabarida.
Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, voqeadan keyin Isroil Harbiy-havo kuchlarining operativ faoliyati o‘zgarmadi. Isroil Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni general-mayor Tomer Bar aviahalokat holatlarini o‘rganish uchun havo kuchlari komissiyasini tayinladi.
LiveBarchasi