Kurs UZS

USD

12 979.13

-10.87

EUR

13 513.87

-56.78

RUB

131.22

-0.64

Isroil va HAMAS o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Olam

image

Qatardagi muzokaralar davomida Isroil va HAMAS guruhi G‘azo sektori bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdi. Bu haqda “The Times of Israel” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvning birinchi bosqichida 33 nafar isroillik garovga olinganlar ozod qilinadi, o‘z navbatida, Isroil ham falastinlik mahbuslarni qo‘yib yuboradi.

“Isroil va HAMAS 13 yanvar kuni kechqurun garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishib oldi”, deyiladi xabarda.

Manbalarga ko‘ra, kelishuv bugun, 15 yanvar yoki ertaga, 16 yanvar kuni e’lon qilinadi. Ta’kidlanishicha, bu Isroil va HAMAS o‘rtasidagi muzokaralarda vositachilik qilgan AQSH, Qatar va Misrning qo‘shma bayonoti bo‘ladi. “Reuters”ning yozishicha, ushbu bitim Yaqin Sharqni ostin-ustun qilib yuborgan 15 oylik urushning ehtimoliy yakuniga yo‘l ochadi.

“Delegatsiyalar kelishuv tafsilotlarini muhokama qilish uchun Dohada qolishda davom etmoqda”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, hal qilinishi kerak bo‘lgan asosiy masalalardan biri – Isroil armiyasining G‘azoni tark etishidir. Vositachilar Isroildan armiya qaysi zonalarga olib chiqilishi ko‘rsatilgan xaritani kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 13 yanvar kuni muzokarachi tomonlar Isroil va HAMASga sulh va asirlarni ozod qilish bo‘yicha yakuniy loyihani taqdim etgandi. Muzokaralarda AQSH Prezidenti Jo Bayden va saylangan prezident Donald Trampning vakillari, shuningdek, Qatar rasmiylari ishtirok etgan. Trampning kelasi prezidentlik davrida AQSH vakili bo‘lib xizmat qiladigan Stiv Vitkoff Isroilning eng yuqori razvedka rasmiylari bilan birgalikda ushbu loyihani qabul qilgan. Qatar vakili tomonlarga o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuv matnini topshirgan. Kecha, 14 yanvar kuni e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Falastinning HAMAS harakati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va asirlarni almashish bo‘yicha kelishuv shartlarini birinchi bo‘lib qabul qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing