Isroil va HAMAS o‘t ochishni to‘xtatish tamoyillari bo‘yicha kelishib oldi – Bayden

Olam

image

Isroil va HAMAS G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish tamoyillari bo‘yicha kelishib oldi. AQSH Prezidenti Jo Bayden X’da tegishli bayonotni e’lon qildi.

“Olti hafta oldin men o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishishning keng qamrovli tamoyillarini bayon qildim. Hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar bor, bu murakkab masalalar, ammo hozirga kelib Isroil va HAMAS tomonidan tamoyillar kelishib olindi. Mening jamoam taraqqiyotga erishmoqda va men buni amalga oshirishga intilaman”, deb yozdi Amerika rahbari.

HAMAS va Isroil o‘rtasidagi ehtimoliy kelishuvlar bo‘yicha maslahatlashuvlarning yangi raundi va G‘azodagi mojaro tomonlari o‘rtasida bilvosita muzokaralarni qayta boshlash HAMASning AQSH Prezidenti tomonidan may oyi oxirida taqdim etilgan takliflarga so‘nggi javobidan keyin mumkin bo‘ldi.

3 iyul kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasi va “Mossad” razvedka xizmati vositachilar orqali HAMAS vakillarining garovga olinganlar haqidagi kelishuviga munosabatini olganliklarini va o‘zlarining javob choralarini tayyorlayotganliklarini e’lon qildi.

Ertasi kuni HAMAS Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya Misr, Qatar va Turkiya bilan G‘azodagi vaziyatni hal qilish variantlari bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazayotganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing