Isroil va HAMAS muzokaralari ijobiy ruhda davom etmoqda – OAV

Olam

image

Isroil bilan G‘azodagi genotsid urushini tugatishga qaratilgan bilvosita muzokaralarda “optimizm” ustunlik qilmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, TRT World xabar berdi.

Qayd etilishicha, HAMAS guruhi garovga olingan isroilliklarni ozod qilish evaziga Isroil tomoni ozod qilishi kerak bo‘lan falastinlik mahbuslar ro‘yxatini taqdim etgan. 

“Vositachilar o‘t ochishni to‘xtatishni amalga oshirish yo‘lidagi har qanday to‘siqlarni olib tashlash uchun katta sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda va barcha tomonlar o‘rtasida ijobiy ruh hukmronlik qilmoqda,” deydi HAMASning yuqori martabali amaldori Tohir al-Nunu. 

Bundan tashqari, uning aytishicha, Falastin qarshi guruhi sulhning birinchi bosqichida kelishilgan mezonlar va raqamlarga muvofiq ozod qilinishi kerak bo‘lgan mahbuslar ro‘yxatini taqdim etgan. 

Buning evaziga HAMAS 2023 yil 7 oktyabr kuni Isroilga uyushtirilgan transchegaraviy hujumda garovga olinganlardan 47 kishini (ularining orasida halok bo‘lganlar ham bor) ozod qilmoqchi.

Qayd etish joiz, 2023 yilning 7 oktyabr kuni HAMASning Isroilga uyushtirgan hujumi Yaqin Sharqdagi keskinlikning boshlanish nuqtasi bo‘ldi. Bo‘linmalar raketa zarbalari berib, Isroil hududiga bostirib kirdi va zamonaviy Isroil tarixidagi eng yirik tinch aholi qirg‘inini sodir etdi – taxminan 1200 kishi halok bo‘lgan. 250 dan ortiq garovga olinganlar G‘azo sektoriga olib ketildi, ularning bir qismi keyinchalik almashilgan yoki ozod qilingan, bir qismi esa halok bo‘lgan. Isroil bunga javoban HAMASga qarshi urush e’lon qildi. Mojaro davomida G‘azo sektorida 67 mingdan ortiq falastinliklar halok bo‘lgan, 169 mingdan ziyodi yaralangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil va HAMAS o‘rtasida mojaroni tinch yo‘l bilan hal etishga qaratilgan birinchi bosqich muzokaralar Misrning Sharm-al-Shayx shahrida bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgan edi. Muzokaralarda HAMAS vakillari garovga olinganlarni ozod etish tartibi, shuningdek, Isroil qo‘shinlarini G‘azo sektoridan olib chiqish rejasi va jadvali bo‘yicha o‘z qarashlarini bayon qilgan.  

Kamola Sotvoldiyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Isroil muzokara G'azo HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing