Isroil o‘z askarlarini qanday tayyorlaydi? (fotogalereya)

Bu qiziq

image

Kuchli askarlar, qat’iy tartib-intizom va zamonaviy qurollar armiya qudratining timsollari sanaladi. Dunyodagi har bir davlat o‘z armiyasi bilan faxrlanishga, kerak bo‘lsa, u bilan o‘z qudratini namoyish etishga intiladi. Quyida Isroil qurolli kuchlarida o‘smir yigitlar qanday tayyorgarlikdan o‘tishi tasvirlangan suratlarni tamosha qilish mumkin.

Xususiy harbiy o‘quv muassasasida isroillik o‘rta maktab o‘quvchilari. 2015 yil, 24 mart.

Mashg‘ulotlar yig‘ini. Dasturga ko‘ra, loyda sudralib yurish.

Bu mashg‘ulotlar, albatta, yoqimli emas. Biroq hech kim shikoyat qilmaydi. Isroil, 2015 yil, 13 fevral.

Niqob va yog‘och avtomat – isroillik o‘smirlarning harbiy mashg‘uloti. 2015 yil, 24 mart.

18 yoshdan oshgan barcha Isroil fuqarosi muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi. So‘ngra har yili armiya rezervlari yig‘inlariga jalb etiladi. Erkaklar uchun xizmat muddati - 36 oy, ayollar uchun - 21 oy. Mamlakatdagi ayollarning aksariyati Isroil Mudofaa kuchlarida xizmat qiladi.

Yoshlar Iroil qo‘shinlarining elita qismiga kirish uchun jonlarini ham berishga tayyor.

Okoplarda mashg‘ulotlar.

Og‘ir qoplar bilan dengizda o‘tayotgan mashg‘ulot.

Isroilda armiyada xizmat qilmagan shaxsning davlat korxonasidan ish topishi deyarli mumkin emas. Politsiyada ishlashni tasavvur qilmasa ham bo‘ladi.

Dengiz qirg‘oqlarida navbatdagi tayyorgarlik mashg‘ulotlari.

Dengiz qirg‘oqlarida navbatdagi tayyorgarlik mashg‘ulotlari.

Tayyorgarlik lageridagi mashg‘ulotlar.

Haqiqiy qurol bilan tanishtirish.

Isroilning bo‘lajak askari.


 


Maqola muallifi

Teglar

Isroil

Baholaganlar

234

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing